iTEP Natijasini Tekshirish
Natijangizni tekshirish uchun:
- Government ID Number — imtihonga ro’yxatdan o’tishda foydalangan ID/Passport raqamini yozing (Masalan: AD1234567)
- First Name ni tanlang va bo’sh katakka ismingizni, xuddi passportdagidek yozing (Masalan: Azizaxon)
- Search tugmasini bosing
- View tugmasi orqali sertifikatning to’liq shaklini ko’rishingiz va PDF variantda yuklab olishingiz mumkin
E’tibor bering!
Agar natijangiz hali chiqmagan bo’lsa, quyidagi yozuvlarni ko’rishingiz mumkin:
- Under Review — natijalar hali tekshirilyapti degani. Odatda 1-2 kunda chiqadi.
- Waiting for ID — imtihonga kirgan paytingizda yuklangan ID/Passport rasmi xira chiqqan. Shu sababli ma’sul xodimlar test o’tkazgan markazga bog’lanib, ID’ning tiniq nusxasini so’rashadi — bu qo’shimcha 2-3 kun vaqt olishi mumkin.
- No record found — ma’lumotlar noto’g’ri kiritilgan degani. Ma’lumotlarni tekshirib, qaytadan kiriting.
- Invalidated — cheating yoki shubhali harakatlar tufayli natijalar bekor qilingan.
Hozirgi kunda natijalar o’rtacha 2-5 kunda chiqmoqda.